Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov bugun, 22 fevral kuni Toşkentga kelgan Afğoniston boş vaziri örinbosari vazifasini bajaruvçi Mullo Abdul Ğani Barodar bilan muzokara ötkazdi.

Özbekiston hukumati rahbarining matbuot xizmatiga köra, uçraşuvda özaro aloqalar döstlik, hamkorlik va yaxşi qöşniçilik tamoyillariga asoslangani, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Afğoniston bilan barça sohalarda konstruktiv va özaro manfaatli aloqalarni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlangan.

“Oxirgi yillarda mamlakatlarimiz örtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar izçil rivojlanib bormoqda. Ötgan yili “Termiz xalqaro savdo markazi” oçilgani ikki tomonlama savdoni rivojlantirişga xizmat qilmoqda.

Uçraşuvda özaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytiriş, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boşqa sohalarda hamkorlikni izçil rivojlantiriş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi”, – deyiladi rasmiy relizda.

Afğoniston delegatsiyasining taşrifi 23 fevral kuni ham davom etadi. Taşrif dasturidan Toşkent şahridagi bir qator işlab çiqariş obektlari faoliyati bilan tanişiş ham örin olgan.