Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida nutq sözlagan Donald Tramp Vaşington va Moskva uruşni töxtatiş böyiça «kelişuvga yaqin» ekanini aytdi, biroq tafsilotlarga töxtalmadi. Oq uy rahbari qariyb bir yarim soatlik nutqida özining sevimli mavzulari — migratsiyaga qarşi kuraş, tariflar, xilma-xillik va tenglik dasturini bekor qiliş haqida ham gapirdi. Quyida Tramp va konferensiyaning boşqa iştirokçilarining çiqişlaridan asosiy joylari keltiriladi.

Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasi (Conservative Political Action Conference, CPAC) ançadan buyon AQŞ konservatorlari siyosiy taqvimining ajralmas qismiga aylangan. 1974 yilda siyosiy tarafdorlarning kiçik yiğilişi sifatida boşlangan CPAC vaqt ötişi bilan konservativ qadriyatlarga qöşilgan siyosatçilar va ularning tarafdorlari uçun eng muhim tadbirlardan biriga aylandi.

Donald Trampning nutqi CRAC’ning yakuniy, uçinçi kunida bölib ötdi. Uning qariyb bir yarim soatlik nutqidagi mavzulardan biri Ukraina böldi.

Trampning aytişiça, AQŞ Ukraina bilan nafaqat nodir metallar, balki boşqa resurslar böyiça ham kelişuv tuzmoqçi. Uning sözlariga köra, AQŞga bu resurslar «Ukrainaga sarflangan pullarni qaytarişga harakat qiliş» uçun kerak, çunki Yevropa davlatlari Ukrainaga kreditlar şaklida yordam körsatgan, AQŞ esa — tekinga.

«Men prezident Zelenskiy bilan işlayapman, men prezident Putin bilan işlayapman — men pullarni qaytarişga yoki ularning saqlanişini kafolatlaşga harakat qilyapman», — dedi Tramp.

Uning sözlariga köra, Yevropa Ukrainaga 100 mlrd dollar, AQŞ esa 350 mlrd dollar ajratgan. «Ammo bundan ham yomoni şundaki, Yevropa ularni kredit sifatida bergan, şuning uçun ular öz pullarini qaytarib olişadi. Biz heç narsa olmadik, şuning uçun biz kiritgan barça pullar uçun bizga heç bölmaganda nimadir berişlarini xohlayman va men uruşni hal etişga va bu ölimlarning barçasiga barham berişga harakat qilyapman», —deya davom etgan Amerika prezidenti.

«Şuning uçun biz nodir metallar, neft va qölga kiritişimiz mumkin bölgan hamma narsani söraymiz«», — deydi Tramp.

Uning sözlariga köra, AQŞ va Rossiya u «dahşatli vaziyat» deb atagan uruşni töxtatiş böyiça «kelişuvga yaqin». «Biz bu borada işlamoqdamiz», dedi u va bu mavzuni çuqurlaştirişni istamadi va buni ikki davlat hali «muzokaralar örtasida» ekani bilan tuşuntirdi.