Britaniyadagi Kil universiteti olimlari 50 yoşdan kiçik bölgan insonlarda kriptogen insultlar — noma’lum kelib çiqişga ega insultlar sababini aniqladi. Tadqiqot natijasi Neurology Open Access jurnalida çop etildi.
Kriptogen insultlar tibbiyot xodimlari uçun sirligiça qolmoqda: qon tomirlarining berkilib qoliş sababi noma’lum. Holsizlik, nutq va körişda muammolar — kasallikning belgilari bölib, u ölim bilan yakunlanişi mumkin.
Olimlar ötkazgan tajribada 18-49 yoş oraliğidagi 546 kişi iştirok etgan — insultga çalinganlar va soğlom odamlar. Tahlillar natijasi tamaki çekiş insultning asosiy xavf omili ekanini körsatgan. Guruhdagi insultni boşdan ötkazganlarning 33 foizini çekuvçilar taşkil etgan.
Xavf omillari (spirtli içimliklar iste’mol qiliş, qon bosimi va ta’lim darajasi) inobatga olinganida tamaki çekuvçilarda insultga çaliniş ehtimoli ikki barobar köp ekani ma’lum böldi. Erkaklar orasida xavf uç baravar, 45-49 yoşdagi odamlarda esa deyarli tört baravar oşişi aniqlandi. Yiliga 20 qutidan ortiq tamaki çekadiganlarda insult xavfi 4-7 barobarga yuqori.
Olimlar insult holatlarini kamaytiriş uçun çekişga qarşi kuraşiş böyiça çoralarni kuçaytirişga çaqirdi.
Avvalroq britaniyalik tadqiqotçilar tamaki çekişga bir haftada örtaça 2 soatdan ortiq vaqt ketişi va bu bir yilda 92 soatni taşkil etişini hisoblab çiqqandi.












