Buyuk Britaniya hukumati 2027 yilgaça mudofaa xarajatlarini YaIMning 2,5 foiziga yetkazadi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Kir Starmer ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, hozirgi parlament vakolatlari tugaydigan 2029 yilga borib uşbu xarajatlar YaIMning 3 foiziga qadar oşadi.

«Hukumat sovuq uruş tugaganidan beri mudofaa xarajatlarini eng katta oşiriş ustida iş boşlaydi», — deydi hukumat rahbari Britaniya parlamenti quyi palatasidagi çiqişida.

Mudofaa xarajatlari rivojlanayotgan davlatlarga körsatiladigan yordamlar YaIMning 0,5 foizidan 0,3 foiziga qadar qisqartirilişi evaziga oşiriladi. Starmerning qöşimça qilişiça, hukumat mamlakat xavfsizligi uçun şunday qiyin tanlovni amalga oşirişga majbur.

Reuters agentligining yozişiça, Buyuk Britaniya YaIMning 3 foizini mudofaa uçun oxirgi marta 1993-1994 yillarda sarflagan. Hozirda mamlakat mudofaa uçun YaIMning 2,3 foizini yönaltiradi.

Donald Tramp özining birinçi prezidentlik muddatida NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini oşirişi kerakligini ta’kidlab, ular öz YaIMining kamida 2 foizini uşbu yönalişga sarflaşi kerakligini talab qilgandi. 2024 yil noyabrda esa Tramp NATOga a’zo davlatlar har yili mudofaaga YaIMning kamida 5 foizini sarflaşi lozimligini ma’lum qildi.