Prezident Şavkat Mirziyoyev va Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif Özbekiston-Pokiston biznes forumida iştirok etdi.

Tadbirda ikki mamlakat yetakçi kompaniyalarining 300 nafarga yaqin rahbarlari va vakillari qatnaşdi. Pokiston tomonidan "Al-Rafique Enterprises," "Mehran Dates Producs", "Brighto Chemicals", "Transfopower Industries", "FWO", "T.M.C", "Pakistan Mobile", "TCS" va boşqa köplab kompaniyalar qatnaşdi.

Davlat rahbari öz nutqida bugun bölib ötgan samarali muzokaralarda köp qirrali şeriklikni yanada kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilingani, katta reja va vazifalar belgilab olinganini ta’kidladi. Oliy darajadagi strategik şeriklik kengaşini tuzişga kelişildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning «lokomotivi» sifatida belgilandi.

- Ulkan salohiyatga ega bölgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini töldirişga qodir, - dedi Mirziyoyev.

Ötgan yil yakunlariga köra, tovar ayirboşlaş hajmi 400 million dollardan oşdi, 130 ta qöşma korxona faoliyat yuritmoqda. Şu jihatdan Özbekiston Pokistonning Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo şerigiga aylandi.

Sönggi yillarda biznes uçun qulay şaroitlar yaratiş böyiça çora-tadbirlar faol amalga oşirilmoqda. Lahor bilan aviaqatnovlar tiklandi, reyslar sonini köpaytiriş va parvozlar geografiyasini kengaytiriş rejalaştirilgan. Biznes forumlari, sanoat körgazmalari ötkazilmoqda. Karoçi va Toşkent şaharlarida savdo uylari taşkil etilgan.

Özbekiston-Pokiston hamkorligi yangi loyihalar bilan boyimoqda. "Pak Merit", "Diamond Group", "Silk-way", "Getz Pharm", "Gerbion", "NLS" va boşqa kompaniyalar bilan loyihalar amalga oşirilmoqda.

Davlat rahbari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça qator takliflarni ilgari surdi. Avvalo, yiliga kamida ikki marta – Özbekiston va Pokistonda biznes vakillarini keng jalb qilgan holda işbilarmonlik tadbirlarini muntazam ötkazib boriş muhimligi ta’kidlandi.

Geografik yaqinlikni hisobga olib, tovar ayirboşlaş hajmini keskin oşiriş, şu jumladan amaldagi Imtiyozli savdo töğrisidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytiriş, fitosanitariya, karantin va bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş, banklararo hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillaştiriş zarurligi körsatib ötildi. Elektron savdo platformalarini integratsiya qilişga alohida e’tibor qaratiladi.