Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda prezident Şavkat Mirziyoyev va Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif bölib ötgan muzokaralar yakunlariga izoh berdilar.

Özbekiston rahbari sözining avvalida uçraşuvlar samarali bölganini alohida qayd etib, uşbu tarixiy taşrif Özbekiston-Pokiston strategik şerikligida yangi sahifa oçişini ta’kidladi.

Özbekiston prezidenti sönggi yillarda ikkitomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini yuksak baholadi. Tovar ayirboşlaş hajmi 400 million dollardan oşdi, 130 ta qöşma korxona taşkil etildi, Karoçi va Toşkentda savdo uylari oçildi. Toşkent va Lohur örtasida aviaqatnovlar tiklandi.

Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda, siyosiy maslahatlaşuvlar, qator işbilarmonlik tadbirlari va Özbekiston sanoat körgazmasi muvaffaqiyatli ötkazildi.

- Şu kunlarda Pokistonning yetakçi kompaniyalaridan iborat nufuzli delegatsiya poytaxtimizda bölib turibdi. Bugun biznes vakillari bilan alohida uçraşuv ötkazib, qöşma rejalarni muhokama qilamiz, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Oliy darajadagi muzokaralar çoğida tomonlar köp qirrali hamkorlikning yangi «ösiş nuqtalarini» belgilab olgani, Oliy darajadagi strategik şeriklik kengaşini taşkil etişga kelişib olingani ta’kidlandi.

Özaro savdo hajmini keskin oşiriş va nomenklaturasini kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş, transport jihatidan özaro boğliqlikni rivojlantiriş, biznesni qöllab-quvvatlaş va unga qulay şaroitlar yaratiş masalalari diqqat markazida böldi.

Farmatsevtika, agrar tarmoq, qişloq xöjaligi maşinasozligi, geologiya va mineral resurslar, töqimaçilik, çarm sanoati va boşqa tarmoqlardagi loyihalarni ilgari surib, tayyor mahsulotlarni uçinçi mamlakatlar bozoriga eksport qiliş muhimligi ta’kidlandi.

Global va mintaqaviy tuzilmalar, şu jumladan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti, Şanxay hamkorlik taşkiloti va boşqalar doirasidagi yaqin aloqalar va özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga kelişib olindi.

Afğonistonni tinç rivojlantiriş, Falastin masalasini diplomatik yöl bilan hal etiş borasidagi pozitsiyalar yaqin ekani ta’kidlandi.