Ginnesning rekordlar kitobi Şimoliy Karolinadagi Uayttop laqabli 27 yoşli lamani dunyodagi eng keksa lama sifatida tan oldi. Jonivor ham yovvoyi tabiatda, ham tutqunlikda yaşovçi lamalar orasida uşbu unvonga sazovor böldi.
2006 yildan buyon Uayttop oğir surunkali kasalliklardan aziyat çekadigan bolalarga yordam körsatişga ixtisoslaşgan Victory Junction notijorat taşkiloti hududida yaşaydi. Bu joy qöşimça tibbiy yordamga muhtoj bolalar uçun maxsus oromgoh sifatida faoliyat yuritadi.
Uayttop kunlarini bolalar bilan öynaş va lagerda saqlanadigan boşqa hayvonlarga “qaraş” bilan ötkazadi.
“U mehmonlarimizga juda yaxşi munosabatda böladi. Lagerimizga bolalar kelişi bilan, Uayttop yotib olib, tuşlikkaça örnidan turmaydi — bu orqali jonivor bolalarga unga yaqinlaşib, silaşlariga imkon beradi. Uning uçun bu xuddi işdagi majburiyatga öxşaydi, aslida ham bu uning işi!” — deydi Victory Junction xodimlaridan biri.
Uayttop töqqiz ot, ikki quyon va ikki eşak bilan birga yaşaydi. Lama Gas-Gas laqabli toğ buzoğini özining eng yaqin dösti deb biladi. Buzoqça ham Uayttopni bobosidek köradi.
Muassasa xodimlari lamaning fe’l-atvori juda yuvoş ekanini ta’kidlaşmoqda. Uayttop heç qaçon tupurmaydi — bu lamalar orasida kamdan-kam uçraydigan holat. Biroq Uayttop oç qolganda yoki boşqa hayvonlarning ortiqça e’tiboridan çarçaganida, ularga qarata tupurişga urinişi mumkin. Ammo u şunçalik qari ekanidan barça urinişlari zoye ketadi.
Uayttop Victory Junction xodimlari yoki mehmonlari bilan birgalikda selfi tuşişni juda yoqtiradi. Lama uçun rekord örnatilgani munosabati bilan oromgohda kiçik bayram uyuştiriş va jonivorni maxsus noz-ne’matlar bilan siylaş rejalaştirilmoqda.











