Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga nisbatan faoliyat yuritayotgan 455 ta nodavlat umumta’lim tashkilotlarida jami 112 093 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
Ushbu ko‘rsatkich 2018/2019 o‘quv yili boshiga nisbatan 8,1 barobarga yoki 98 324 nafarga ko‘paygan.
Yillar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni quyidagicha bo‘lgan:
— 2018/2019 o‘quv yili boshiga – 13 769 nafar
— 2019/2020 o‘quv yili boshiga – 21 042 nafar
— 2020/2021 o‘quv yili boshiga – 26 970 nafar
— 2021/2022 o‘quv yili boshiga – 30 553 nafar
— 2022/2023 o‘quv yili boshiga – 45 927 nafar
— 2023/2024 o‘quv yili boshiga – 64 010 nafar
— 2024/2025 o‘quv yili boshiga – 112 093 nafar















