Germaniya va Şveytsariya olimlari yangi astrotsitlar turini — şikast yetgan miyani qayta tiklaşda muhim rol öynaydigan yulduzsimon hujayralarni aniqladi. Tadqiqot natijasi Nature Neuroscience jurnalida çop etildi.

Astrotsitlar — neyronlarni qöllab-quvvatlaydigan, ularning işini tartibga soladigan va miyani himoya qiladigan hujayralardir. Ular miyaning kulrang moddasida ham (neyronlarning asosiy qismi töplangan), oq moddasida ham (signallarni uzatuvçi nerv tolalari) joylaşgan. Hozirga qadar oq moddadagi astrotsitlar yaxşi örganilmay qolayotgan edi.

Yangi tadqiqot doirasida olimlar siçqonlardagi oq moddalarning astrotsitlarini örgandi va ularning ikki turini aniqladi: «uy bekalari» va sermahsul astrotsitlar. Ularning birinçi nerv tolalarini qöllab-quvvatlaydi va neyronlarga signallar almaşinuvida yordam beradi, ikkinçisi esa köpayiş va yangi astrotsitlarni hosil qiliş kabi noyob xususiyatga ega. Bundan taşqari, ular oq moddadan kulrangga ötişi mumkin — bu esa ularni miyaning şikastlangan qismini qayta tiklovçi potensial zaxiraga aylantiradi.

Tadqiqotçilar, şuningdek, 13 kişining miya töqimalari namunalarini örganib çiqqan. Oq moddadagi astrotsitlar aniqlangan bölsada, ular köpayiş imkoniyatini namoyon etmagan.

Sermahsul astrotsitlarning aniqlanişi şikastlangan miyalarni davolaşda yangi imkoniyatlar oçadi. Olimlarning hisoblaşiça, uşbu hujayralarni boşqarişni örganiş orqali ularning köpayişini rağbatlantiriş va şikast yetgan yoki yöqolgan hujayralarni almaştiriş mumkin böladi.

Bu ayniqsa, jarohatlarni va skleroz kabi neyrodegenerativ kasalliklarni davolaşda muhim.