Olimlar bu “paypaslagiçlar”ni öta kuçli mikroskop yordamida olingan suratlarda aniqlaşgan.
“Boşqa hujayralarda teşik oçib, hosil bölgan tunnel orqali hujayradan hujayraga ötuvçi uzun tolalar mavjud. Bizning taxmin şundan iboratki, bu holat infeksiya tarqalişini tezlaştiradi”, deb aytgan tadqiqot rahbari professor Nevan Krogan. U aniqlangan tolalarni “mudhiş paypaslagiçlar” deb atagan.
Coronavirus produces ‘sinister’ tentacles in infected cells https://t.co/tWxKmH2t5t
— Financial Times (@FT) June 26, 2020
Tadqiqot mualliflarining aniqlaşiça, zararlangan hujayralar soğlom qöşni hujayralarni zararlaş uçun özlarining oqim tolalari yoki filopodiylaridan foydalanadi. SARS-CoV-2’ning bunday yöl bilan zararlay olişi uni OIV-infeksiyalari yoki çeçak kabi kasalliklarni keltirib çiqaruvçi viruslardan farqlaydi.
Olimlar olingan natija asosida koronavirusga qarşi kuraşiş uçun saratonni davolaşda qöllanuvçi dorilarni qöllaş mumkinligi haqidagi xulosaga kelişgan. Ular bu maqsadda koronavirus yuqtirilgan Afrikaning yaşil martişkalari buyraklari hujayralarida tajriba ötkazişgan, söngra dorilarni inson öpkasida sinaşgan.
Bunday vositalardan biri Tayvanda işlab çiqariluvçi silmitasertib dori vositasi hisoblanadi. Şuningdek, olimlar koronavirusga qarşi kuraşda qöllaş mumkin bölgan şunday dorilar qatoriga 7 ta dorini, jumladan Astellas Pharma yapon kompaniyasining oq qonni davolaşda qöllanuvçi gilteritinib dorisini kiritişgan.













