Xitoy roboti murakkab harakatlarni bajarişni örganib oldi, endi u kung-fu usullarini özlaştirmoqda. Robot takomillaştirilgan algoritm tufayli yangi harakatlarni bajara oladi. Dastlab u virtual muhitda maşq qiladi, bu yerda videoyozuvlar va maxsus texnologiyalar yordamida insonning xatti-harakatlarini örganadi. Söngra özlaştirilgan könikmalar haqiqiy qurilmaga ötkaziladi, bu esa unga murakkab harakatlarni yuqori aniqlik bilan bajariş imkonini beradi.

Kompaniya tomonidan e’lon qilingan videoda G1 qoyilmaqom epçillikni namoyiş etgan. U nafaqat raqsga tuşib, akrobatik harakatlarni bajaradi, balki jang san’atlariga xos aniq zarbalarni ham körsatadi.

Olimlar maşinaviy örganiş, biomimika va robototexnikani öz içiga olgan texnologiyalar kombinatsiyasidan foydalanmoqda. Ular inson harakatlarini sensorlar yordamida tahlil qilib, inson biomexanikasiga taqlid qiladigan modellarni yaratyapti. Bundan taşqari, tadqiqotçilar robotlarga tajribadan örganiş va rivojlanişga yordam beradigan sun’iy intellekt algoritmlarini birlaştirmoqda.
Unitree turli şaroitlarda, jumladan işlab çiqariş, tibbiyot va uy-rözğor sohasida işlatişga möljallangan robotlarni yaratmoqda. Kompaniya bunday qurilmalar odamlarning yordamçisiga aylanib, kundalik va murakkab vazifalarni bajarişiga işonç bildirmoqda.
G1 ni öqitişda qöllangan Sim2Real texnologiyasi humanoidga dastlab raqamli muhitda harakatlarni özlaştiriş, söngra ularni real hayotga köçiriş imkonini beradi. Bunday usul öquv jarayonini xavfsiz va samarali qiladi. Bundan taşqari, kompaniya özining ma’lumotlar bazasini oçib qöydi, bu boşqa tadqiqotçilarga öz işlanmalarini takomillaştirişga yordam beradi.
H1 va H1-2 kabi takomillaşgan robot modellari yanada kattaroq imkoniyatlarga ega. 2024 yilda H1 modeli soatiga 11,88 kilometr tezlikka erişib, Ginnes rekordini örnatgandi. G1 esa ixçamligi va arzonligi bilan ajralib turadi, şu sababli u robototexnika sohasidagi yangi yeçimlarni sinab köriş uçun qulay hisoblanadi. Unitree texnologiyalarni rivojlantiriş va robotlar harakatini yanada tabiiylaştirişni rejalaştirmoqda.













