Xitoy Yangi yili munosabati bilan taşkil etilgan gala-konsertda tomoşabinlar hayratlanarli voqeaga guvoh böldi: Unitree kompaniyasining 16 ta humanoid roboti odamlar bilan birgalikda an’anaviy Yange raqsini ijro etdi.
Gulli nimçalar kiygan robotlar özlarini haqiqiy raqqoslardek tutgan. Ular bellarini aylantirib, oyoqlarini harakatlantirgan hamda Yange raqsining asosiy atributi bölgan römolçalarni mohirona silkitgan.
Ta’kidlanişiça, Unitree kompaniyasining yangi texnologiyalari sabab uşbu tomoşani uyuştirişga muvaffaq bölindi. Namoyişda qatnaşgan H1, H1-2 va G-1 robotlari murakkab sahnada ham aniq harakat qiliş uçun lazer navigatsiyasidan foydalangan.
Unitree marketing bölimi boşliği Van Sisinning aytişiça, robotlarning barça harakatlarini sun’iy intellekt boşqargan.
“Ular sahnada öz joylarini mustaqil özgartiradi, raqs harakatlarini esa kompyuter boşqaradi”, — deb tuşuntirdi u.
Robotlar atrofni “köriş” va muhitga moslaşişga yordam beradigan maxsus sensorlar bilan jihozlangan. Şuningdek, ular musiqani “eşitiş” va uning ohangiga mos ravişda harakat qiliş qobiliyatiga ega.
2025 yilning boşida Unitree öz robotlari dasturini yangilagan edi. Bu esa robotlarga yanada tabiiyroq harakat qiliş imkonini berdi. H1 robotlari özlarining “böğim”larida juda katta kuç işlab çiqara oladi, bu ularning harakatlarini ravon va aniq bajarişga yordam beradi.
Gala-konsertdagi çiqiş nafaqat texnologiyalarni namoyiş etiş, balki Xitoy an’analariga hurmat körsatiş bölgani ta’kidlanmoqda. Odatda insonlar tomonidan ijro etiladigan Yange raqsi bu safar maşinalar zimmasiga yuklatildi.
“Mazkur tomoşa nafaqat texnologik yutuqlarni, balki xitoy an’analarining gözalligini ham aks ettiradi”, — deyiladi Unitree bayonotida. “Bu zamonaviy madaniy namoyişlarda robototexnikaning imkoniyatlarini körsatib bermoqda”.
Avvalroq Şanxayda humanoid robotlarni tayyorlaydigan baza oçilgani xabar qilingandi.













