“Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantiriş va xususiy sektorning rolini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonda keltirilişiça, Raqobat qömitasi 2025 yil 1 aprelga qadar bölgan muddatda eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar röyxatini oçiqlaşi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilişi kerak.
Eslatib ötamiz, Raqobat qömitasi 2023 yil 1 oktyabrdan e’tiboran eksklyuziv huquqlar berilgan xöjalik yurituvçi sub’yektlarning reyestrini yurita boşlagan. Bu reyestr taşkil etilganidan buyon yopiq qolmoqda. Raqobat qömitasi 2024 yil yanvarida Kun.uz savoliga javoban reyestrni oçiq e’lon qiliş böyiça prezident administratsiyasiga taklif kiritilganini ma’lum qilgandi.
Yuqoridagi farmon bilan, şuningdek, eksklyuziv huquq xöjalik yurituvçi sub’yektlarga qonunlar va prezident farmon va qarorlari bilan 3 yildan ortiq bölmagan muddatga, faqat quyidagi maqsadlar uçun berilişi belgilandi:
- konstitutsiyaviy tuzumni, aholining soğliğini, Özbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlaş;
- tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarning oldini oliş hamda ularni bartaraf etiş.
2025 yil 1 apreldan quyidagi xöjalik yurituvçi sub’yektlarning faoliyat yönalişlari böyiça eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi:
- “Özbekekspertiza” AJ va uning hududiy bölinmalarining xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxonalar tomonidan öz işlab çiqariş ehtiyojlari uçun olib kelinayotgan mol-mulkka sertifikat beriş böyiça;
- “ÖzInjiniring” loyiha institutining investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini işlab çiqiş böyiça;
- “Milliy PR-markazi” DUKning Özbekiston turizm salohiyatini tarğib qilişga yönaltirilgan xorijiy kompaniyalarning prodyuserlik va reklama xizmatlarini, xorijiy teleradiokompaniyalar va boşqa ommaviy axborot vositalarining reklamalari, reportajlari va boşqa roliklarini tayyorlaş va translatsiya qiliş böyiça;








