4 mart kuni Xorazmdan Rossiyaning Volgograd şahriga poyezdda yöl olgan fuqarolardan Kun.uz’ga murojaat kelib tuşdi.
Unga köra, 2 mart kuni 14:30 da “Özbekiston temiryöllari”ning Urganç şahridan Volgogradga boruvçi poyezdiga çiqqan yurtdoşlarimiz vagonlarning sanitar holati talabga javob bermasligiga guvoh bölişgan.
“Urganç–Volgograd yönalişida soat 14:30 da poyezdga mindik. Vagonda holat şunday açinarliki, odam tuşib ketgisi keladi, işonavering.
“Tarakan”, qurtlar – hammasidan bor. Odam yonib ketdi, issiq ham urib yotibdi. Oynalar kir, juda açinarli holatda. Şuni bir dezinfeksiya qilsa bölmasmikan, talabga umuman javob bermaydi. Biz odammiz, hayvon emasmiz-ku”, – deydi tahririyatga murojaat qilgan fuqaro.
Fuqaro taqdim etgan fotosuratlardan vagon içidagi holat qanday ekanini köriş mumkin.




Kun.uz holat yuzasidan “Özbekiston temiryöllari” AJ matbuot xizmatiga sörov yubordi. Matbuot xizmati vaziyat örganilayotganini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, 2023 yil oktyabr oyidan beri “Özbekiston temiryöllari” AJning çipta narxlari bir neça marotaba oşirildi. Xususan, 1 fevraldan boşlab “Afrosiyob” poyezdlarida çipta narxi 25 foizga, “Özbekiston”, “Şarq”, “Nasaf” poyezdlari çiptasi esa 30 foizga qimmatladi. Tezyurar bölmagan (yotoqli) yölovçi poyezdlar çipta narxining tarif qismi 10,5 foizga kötarilgandi.
Rasmiylar narxlar oşişi fonida soha özini özi qoplay boşlaşini, korrupsiyaga barham berilib, sifati oşirilişini








