Toşkent şahrining Olmazor tumanidagi yaşil zona mahalliy hokimlik tomonidan auksionga çiqarilib, sotib yuborildi. Yer maydonini 2,7 mlrd sömga sotib olgan tadbirkor bu yerda quriliş işlari olib bormoqçi. Hududda yaşovçi aholi esa bundan norozi. E’tiborlisi, yaşil zonadagi daraxtlar sirli ravişda birin-ketin quriy boşlagan va quriganlari kesib olingan. Aholi daraxtlar sun’iy ravişda qasddan quritilganini aytmoqda.
Toşkent şahrida yaşil zona yöq qiliniş arafasida. Olmazor tumanida bundan bir neça yil oldin daraxtzor bölgan maydon auksionga qöyilib, tadbirkorga sotib yuborildi. Holat tumanning Xislat mahallasida sodir bölgan.
Kun.uz’ga murojaat qilgan hududda yaşovçi fuqarolarga köra, yaşil zonadagi daraxtlar birin-ketin sirli ravişda quriy boşlagan. Qurigan daraxtlar esa kesib olinavergan. Bugunga kelib oçiq maydonga aylantirilgan yaşil zona quriliş qiliş uçun hozirlab qöyilgan.
“Bizni heç kim ogohlantirmagan. Guruhlarga yozdik, telefonlaşdik va kompaniya vakili bilan uçraşdik. Nima qurilişini ham bilmas ekan. U bizga qöpol ravişda, sizlar xohlasalaring ham, xohlamasalaring ham quramiz, dedi.
Bu yer yaşil hudud, arçalar, mevali daraxtlar bölgan. Ular birdaniga qurib qoldi. Siri şundaki, tagiga yoqilği quyib qöysa, hammasi quriydi. Bu yerda olinmagan tönkalari ham turibdi. Bular kuzda arralangan. Ekologiyaga murojaat qilganimizda, negadir ular sust işladi. Tuman ekologiyadan aytişdiki, bular oldindan obodonlaştirişdan ruxsat sörab, sekin-sekin kamaytiravergan. Bu hudud öşa payti Toşkent tibbiyot akademiyasiga tegişli bölgani uçun aralaşa olmadik. Bilsak, bu hokimiyatga ötib ketibdi. U orqali auksionga qöyilibdi”, deydi şu yerda yaşovçi Elbek Sulaymonov.
Boşqa fuqarolar ham bu hudud ilgari katta arçazor bölganini, daraxtlar dastlab qurib, keyin kesib taşlanganini aytişdi. Aholiga köra, agar uşbu maydonda 4-5 qavatli bino qurilsa, atrofdagi köp qavatli uylar orasiga havo kirmay qoladi.
Atrofdagi köp qavatli uylarda yaşovçi odamlarning sözlariga köra, hudud devor bilan öralmasdan oldin yerni sotib olgan tadbirkor Jasur Qodirjonov mahalla fuqarolari bilan uçraşgan. U mahalla ahliga mazkur joy sotib olingani böyiça qator hujjatlarni körsatgan va unda quriliş qiliş uçun aholidan rozilik oliş qismi yöqligini aytgan.
“Şu joyni 2,7 mlrd sömga sotib oldim hokimiyatdan. Pul töladim. Birovga borib pora bergan joyim yöq. Hokimiyatga telefon qilasizmi, adliyagami yoki prokuraturaga qilasizmi, davlatga tölagan pulim asos. Sizlardan qurilişga ruxsat olişga kelgan joyim yöq. Şu yerda quriliş boşlayapman deb ogohlantiryapman”,










