Prezident Şavkat Mirziyoyev bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, içki işlar va soliq şuğullanmasligini ta’kidladi. Bu haqda davlat rahbari Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaşning 5 mart kuni bölib ötgan kengaytirilgan yiğilişi gapirdi, deya xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.
«Sakkiz yil avval hududlarni kompleks rivojlantiriş böyiça sektorlar faoliyati yölga qöyilgan edi. Bu tizim yillar davomida yiğilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etib, vaziyatni önglaş uçun barça kuçlarni safarbar etişga kömaklaşdi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident şu bilan birga sönggi yillarda hududlar salohiyati bir neça karra oşganiga qaramay, keyingi paytda prokuror, içki işlar va soliq rahbarlari sektorni bahona qilib, sohasidagi işlarni susaytirib yuborganini tanqid qildi.
Şuningdek, davlat rahbari har bir mahallaga profilaktika inspektori biriktirilganini, lekin tuman içki işlar bölimlarining yangi tizimda işlaşi kuzatilmayotgani, profilaktika inspektori faoliyatiga baho berilmayotganini qayd etib ötdi.
«Ba’zi içki işlar boşqarmalari va bölimlari rahbariyati oğir mahallalar bilan tizimli şuğullanmayapti, ularning professionalligi va mehnatga sadoqati sezilmayapti», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident, şuningdek, soliq idoralari xodimlari har bir mahallaga biriktirilgani bilan tuşumlar keskin oşmagani qayd etdi.
«Masalan, minglab korxona hisobotlarida birorta ham xodim yöq deb körsatgan bölsa, yana minglab korxona 2 yoki 1 nafar işçi körsatmoqda. Bu soliq idoralari yaşirin iqtisodiyot bilan sust işlayotganidan dalolat», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari, şuningdek, insofli tadbirkorlarga qöşilgan qiymat soliği 7 kun içida qaytarib berilişi belgilanganini, biroq, soliq rahbarlari tadbirkorlarning 487 mlrd sömlik 2,5 mingga yaqin murojaatini öz vaqtida körib çiqmaganini aytdi.«Bundan buyon sektorlar faoliyati bilan prokuror, içki işlar va soliq şuğullanmaydi. Ularning örniga endilikda boş vazir örinbosarlari öziga tegişli sohalar bilan öz kuçi va tizimi bilan şuğullanadi», — dedi prezident.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev kambağallik, ijtimoiy himoya, tadbirkorlik böyiça islohotlarda har bir insonga yetib boradigan iş taşkil etilayotganini aytdi. U endi bu iş uslubi tuman va mahallada jinoyatçilikni jilovlaş, korrupsiyani oldini oliş böyiça ham joriy qilinişini qayd etdi.
















