5 mart kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça milliy kengaş faoliyati yuzasidan kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi. Unda davlat rahbari sud tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini oliş, odil sudlov sifati va samaradorligini oşiriş doimo diqqat markazida bölişi zarurligini ta’kidladi.
Yiğilişda sudlar mustaqilligini ta’minlaş böyiça katta islohotlar amalga oşirilganiga qaramay, sudyalarni majlisga çaqiriş, ularga vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklaş holatlari ham uçrab turgani qayd etildi. Şuningdek, ayrim idoralar tomonidan sudga ta’sir ötkazişga urinişlar hali-hanuz davom etayotgani körsatib ötildi.
«Barça rahbarlarni qat’iy ogohlantiraman. Sudlar faoliyatiga har qanday aralaşiş odil sudlovga soya soliş deb baholanadi. Bu böyiça sörov ham, javobgarlik ham qattiq böladi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Şu bilan birga odil sudlovni amalga oşirişda advokatlar örni juda muhimligi, bu borada advokatlarga himoyasidagi fuqaroga öz vaqtida huquqiy yordam körsata olişlari uçun imkoniyat yaratiş kerakligi qayd etildi.
«Mutasaddilarga uç oy içida sifatli yuridik yordam körsatilişida advokatlar faoliyatiga tösqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etiş böyiça qonun loyihasini kiritiş topşirildi», — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

















