Oq uydan hafsalasi pir bölib qaytgan Zelenskiyni Londonda quçoq oçib kutib olişdi. AQŞ yordami töxtayotgan bir vaqtda, Yevropa Ukrainani qöllaşda taşabbusni öz qöliga oldi. “Geosiyosat”da Rossiya–Ukraina uruşining diplomatik frontdagi kartinalarini siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov, Muxtor Nazirov va Bektoş Berdiyev şarhladi.
— Makronning 1 oylik otaşkesim haqidagi taklifiga tomonlar rozi böladimi? Qaysidir tomon qarşi bölsa, sababi nima?
Muxtor Nazirov: Bir oylik sulh, menimça, hozir taklif darajasida, bu taklif uzoq muddatli tinçlikka olib boruvçi vaqtinçalik ötiş davrini nazarda tutadi. Yevropa davlatlari ham tinçlikni parvariş qiliş masalasini va harbiy qöllab-quvvatlaş masalasini aniqlab olişlari kerak.
Xatto Zelenskiy ham bu masaladan xabari borligi bildirgan. Lekin buni hali qayta işlaşi kerak, ya’ni bu hozir taklif darajasida. Nazarimda, Trampga xuddi şunday aniq AQŞning manfaatlari körsatiladigan va Yevropaning imkoniyatlarini taqdim etadigan takliflar kerak.
Ukraina muzokaralarga kirişsa ham kuçli pozitsiyada bölişi kerak, aks holda, muzokaralar bir tomonning ustunligida ötadi.
Kamoliddin Rabbimov: Özi sulhning strategiyasi yoki vazifasi nima degan savol paydo böladi. Insoniyat tarixida uruşlar juda köp bölgan. Töğridan töğri birdaniga nihoyasiga yetib qolmaydi. Hozir bir oylik sulhning asosiy maqsadi uruş çegarasi hozirgidek nuqtada töxtalsin, ikkita tomon ham bir-biriga öq otmasin degan pozitsiyada. Bu tölaqonli tinçlikka erişişdan oldingi vaziyatni muzlatiş deyiladi. Ya’ni bir oy davomida biz bu yoqda kelişuv işlab çiqamiz, ungaça sizlar uruşmay turinglar, deyilgan narsa.
Lekin bu yerda juda ziddiyatli masalalar hali kun tartibida turibdi. Asosiy masalalardan biri bu çegara masalasi.
Undan taşqari bu yerda ikkita masala bor: agar taraflardan bittasi içki jamiyatda rozilikka erişmasa, ma’lum bir muddatdan keyin uruş qaytadan boşlanadi. Masalan, “Ikkinçi jahon uruşi”, Germaniya özini yutqazib qöygan deb hisoblagan va qolgan davlatlardan öç olişga kirişgan, uning uçun uzoq muddat tayyorlangan. Xuddi şunday, Rossiyaning, Putinning xavotiri, Ukrainaning qolgan qismi NATOga kiradigan bölsa, “Bizga bunday tinçlik kerak emas”, deyapti. Kremlning qöyayotgan şartlaridan bittasi – Ukraina neytral davlat sifatida qolişi kerakligi.
Rossiya bir qança imkonsiz şartlarni ilgari suryapti, ya’ni bosib olingan yerlarni Ukrainaga qaytarib bermaslik. Ikkinçisi, konstitutsiyaga kiritgan hududlar bor, törtta viloyat, ular Rossiyaga berilmagunça rozi emas. Uçinçisi, Ukraina NATOga kirmasin, ya’ni bu Ukraina uçun tölaqonli tarixiy kapitulyatsiya. Lekin NATOga a’zo böliş masalasi, menimça, Putin hokimiyatdan ketgandan keyin bu masala qöyilişi mumkin. Buni Rossiya yaxşi biladi, şuning uçun ham Putin bosib olingan yerlar masalasini hozir rasmiylaştirmoqçi. Ya’ni Ukraina bilan Rossiyaning çegara töğrisidagi qaraşlari, fundamental bir-biridan farq qiladi.












