Vaşingtonning Ukraina kelajagidan iqtisodiy manfaatdorligi uç yildan ortiq vaqt davomida Rossiya harbiy agressiyasini qaytarayotgan davlat uçun xavfsizlikning eng yaxşi kafolati böladi. Bu haqda AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vens 3 mart, duşanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Agar siz haqiqiy xavfsizlik kafolatlarini xohlasangiz, agar siz haqiqatan ham (Rossiya prezidenti) Vladimir Putin yana Ukrainaga bostirib kirmasligiga işonç hosil qilişni istasangiz, u holda eng yaxşi xavfsizlik kafolati amerikaliklarga Ukraina kelajagida iqtisodiy uluş berişdir», — dedi Vens. Uning sözlariga köra, bunday xavfsizlik kafolati «30 yoki 40 yildan beri jang qilmagan qandaydir tasodifiy mamlakatdan kelgan 20 000 askardan» ança yaxşi.

Vens: Zelenskiy Rossiya bilan tinçlikni istamaydi, lekin «majbur böladi»

Suhbat çoğida Jyey Di Vens, şuningdek, Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy «oxir-oqibat» Rossiya bilan tinçlik şartlarini muhokama qilişga rozi bölişiga işonç bildirdi. Oq uydagi sönggi janjal haqida gapirar ekan, AQŞ vitse-prezidenti Zelenskiy «hurmatsizlik» va AQŞ prezidenti Donald Tramp taşabbusi bilan boşlangan «tinçlik jarayonida iştirok etişni aniq istamasligini» körsatganini aytdi.

Vensning sözlariga köra, Zelenskiy Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilişga «hozir tayyor emas». «Ammo menimça, u oxir-oqibat u yerga etib boradi. U majbur böladi», dedi respublikaçi.

AFP ta’kidlaganidek, Vens bilan suhbat Tramp Ukraina rahbariyati «tinçlik tarafdori» ekanini körsatmaguniça, Ukrainaga barça harbiy yordamni töxtatib qöyişni buyurganidan oldin yozib olingan.

Vensning qöşimça qilişiça, Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «muzokaralar stoliga ötirişi» «juda muhim». U, şuningdek, Kiyevning Yevropadagi ittifoqçilarini tanqid qilib, ularni vaziyatga «real» nuqtayi nazardan qaraşga çaqirdi va uruş «abadiy davom eta olmasligini» ta’kidladi.