Energetika vazirligi 6 martdan boşlab metan zapravkalar faoliyati bosqiçma-bosqiç yölga qöyilişini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, mart oyining dastlabki kunlarida Özbekistonda havo harorati keskin tuşib, tabiiy gaz iste’molining ortişi va gaz quvurlarida bosimning pasayişiga sabab bölgan. Mazkur holatda birinçi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlaşga ustuvorlik qaratilgan va avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari faoliyati vaqtinçalik töxtatilgan.
«Ötgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallaştirildi. Bu esa metan zapravkalar iş faoliyatini tiklaş imkonini yaratdi», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanişiça, 6 mart kuni soat 09:00 dan e’tiboran metan zapravkalar faoliyati bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uçun iste’molçilardan uzr söraydi.
Bundan avvalroq, 9–12 fevral kunlari ham Özbekistonning barça hududlarida metan şoxobçalarga gaz yetkazib beriş vaqtinça qisqartirilgan edi. Bu haqda xabar bergan Energoinspeksiya qisqarişga «havo harorati keskin sovib ketişi»ni sabab qilib körsatgandi.

















