Germaniya hukumati «Rosneft» şu’ba korxonasi Rosneft Deutsçland'ni işonçli boşqariş muddatini 2025 yil 10 sentabrgaça uzaytirdi. Bu haqda 6 mart, payşanba kuni Germaniya iqtisodiy işlar va iqlimni muhofaza qiliş vazirligi ma’lum qildi.

«Qarorning amal qiliş muddati uzaytirilişi bilan Federal tarmoq agentligi (Bundesnetzagentur) Rosneft Deutschland hamda PCK Schwedt, Miro (Karlsrueda) va Bayernoil (Foburg-Dunayda) uçta neftni qayta işlaş zavodlaridagi tegişli uluşlarni nazorat qiladi», — deyiladi AFP xabarida.

«Ta’minot xavfsizligini ta’minlaş federal hukumat uçun asosiy masala bölib qolmoqda», — dedi iqtisodiyot vazirining parlament stats-kotibi Mixael Kelner.

Uzaytiriş uçta neftni qayta işlaş zavodida işlab çiqarişni davom ettiriş va iş bilan ta’minlaş imkonini beradi.

«Rossiya tomoni sotuv böyiça muzokaralarni yakunlaşi kerak»

Kelner Rossiya davlat kompaniyasi "Rosneft" yaqin orada Rosneft Deutsçland'ni sotişini kutmoqda, deb xabar berdi AFP. Germaniyadagi şu’ba korxona Şvedtdagi PCK Raffinerie neftni qayta işlaş zavodining nazorat paketiga ega.

«Biz Rossiya tomoni sotiş böyiça muzokaralarni imkon qadar tezroq yakunlaşini kutmoqdamiz; mulkçilik tuzilişiga oid aniqlik neftni qayta işlaş zavodlarini yanada rivojlantiriş uçun muhim», — deya ta’kidladi Kelner.

Rosneft Deutschland hissasiga 2024 yil sentabr holatiga köra Germaniya neftni qayta işlaş quvvatining qariyb 12 foizi töğri keladi va bu uni uşbu sohadagi eng yirik kompaniyalardan biriga aylantirdi.