Falastinning HAMAS guruhi harbiy qanoti vakili Abu Ubayda 6 mart kuni videomurojaatida agar Isroil uruşni qayta boşlagan taqdirda, garovga olinganlar halok bölişini aytdi. Murojaat, jumladan, garovga olinganlarning yaqinlariga ham yöllangan.

«Bizda garovga olinganlarning şu kungaça tirik ekanligi haqida hujjatli dalillar bor. Ertaga yoki kelajakda bu özgarişi mumkin. Bu yana uruş bölişini anglatadi, ular omon qolmaydi. Har qanday keskinlaşuv garovdagilarning ölimiga olib keladi», dedi Abu Ubayda.

Uning qöşimça qilişiça, Isroil «yangi hujum uçun Amerika homiyligini ta’minlaş maqsadida bitimdan qoçişga urinmoqda». HAMAS va Isroil kelişuvning birinçi bosqiçi 27 fevralda yakunlandi.

Isroilning 9-kanali qayd etişiça, HAMAS tomonidan garovga olinganlarning qarindoşlari va muxolifatçi isroilliklarga bosim ötkazişning bunday taktikasi birinçi marta qöllanmayapti. HAMAS boşqa narsalar qatori şanba kunlari hukumatga qarşi namoyişlar oldidan garovga olinganlarning videotasvirlarini muntazam e’lon qiladi.

Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp HAMAS harakatiga «oxirgi ogohlantiriş» berib, garovga olinganlarning barçasini zudlik bilan ozod qilişni talab etgan edi. Biroq, hamasçilar bu tahdidni e’tiborsiz qoldirib, Isroil bilan kelişuvning ikkinçi bosqiçiga ötilmagunça heç kim ozod etilmasligini ma’lum qildi.

Isroil va HAMAS örtasida öt oçişni töxtatiş kelişuvining birinçi bosqiçi 27 fevral kuni yakunlandi. Unda garovdagi 33 nafar isroillik 1890 nafar falastinlik asir evaziga qaytarildi. Isroil armiyasi ma’lumotlariga köra, HAMAS asirligida 59 nafar isroillik qolmoqda, ularning yarmi halok bölgan deb hisoblanadi.