Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar:
• Jami aktivlarning yillik o‘sishi: +17%
• Umumiy kapitalning yillik o‘sishi: +35%
• Soliqdan keyingi sof foyda: 1,837 trln so‘m (145 mln AQSh dollariga ekvivalent)
• Xarajat/daromad nisbati (CIR): 38%
• Risk qiymati (COR): 1,16%
• Xususiy kapital rentabelligi (ROE): 30,4%
• Aktivlar rentabelligi (ROA): 4,0%
Ushbu natijalar Ipoteka bank OTP Group’ning xalqaro OTP Group bank guruhi tarkibiga muvaffaqiyatli qo‘shilganligini, bankning mustahkam operatsion boshqaruv tizimi hamda biznes strategiyasining samaradorligini tasdiqlaydi. Bank faoliyatining rivojlanishi yuqori malakali professional boshqaruv, xarajatlarni optimallashtirish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash strategiyasiga asoslangandir.
Ipoteka bank OTP Group kelajakda innovatsion moliyaviy texnologiyalarni joriy etish, operatsion samaradorlikni oshirish va mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini yanada takomillashtirish orqali o‘z mavqeini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasini izchil davom ettiradi.
Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Linkedin
Reklama huquqi asosida







