2025 yilning fevral oyida Özbekistonga qiymati 44,8 mln dollarlik 2570 dona yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Bojxona qömitasining oylik hisobotida keltirilgan.

Taqqoslaş uçun, ötgan yilning mos davrida 158,8 mln dollarlik 7 ming 252 dona yengil avtomobillar importi amalga oşirilgan. Ötgan bir yil davomida avtomobil importi qiymat jihatdan 3,5 barobarga, miqdor jihatdan esa 2,8 barobarga qisqargan.

Eng katta kamayiş gibrid avtomobillar importida kuzatilgan – 21 barobar. Elektromobillar va benzinli yengil avtomobillar importidagi qisqariş esa mos ravişda 2 barobar va 2,8 barobar bölgan.

Avvalroq yanvar oyida ham Özbekistonga yengil avtomobil importi qiymat jihatdan 7 barobardan köproqqa, miqdor jihatdan esa 5,6 barobarga qisqargani xabar qilingandi.

Eslatib ötamiz, 2024 yil 1 noyabrdan boşlab import qilingan avtomobillarni bojxona hududida emas, Piskentdagi poligonda texnik sinovlardan ötkaziş boşlangandi. Şuningdek, yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan maşinalar uçun elektromagnit moslaşuvçanlik tekşiruvi ham joriy qilindi. Avtopoligonning mavjud quvvati real talabdan bir neça barobarga kamligi import hajmining keskin qisqarişiga ta’sir qilayotgan bölişi mumkin.