AQŞ federal budjetining xarajatlari fevral oyida 603 milliard dollarga oşdi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarda söz boradi.
Qayd etilişiça, 2024 yil fevral bilan taqqoslaganda xarajatlar 40 milliard dollarga, ya’ni 7 foizga oşgan. Va bu federal budjet xarajatlarini qisqartirişni maqsad qilgan Ilon Mask hamda u rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) faoliyatiga qaramay röy bermoqda.
Newsweek naşrining yozişiça, DOGE Donald Tramp prezidentligining birinçi oyi yakunlari böyiça bergan hisobotida 100 milliard dollardan ortiq mablağni tejaşga muvaffaq bölgani körsatilgan — bu har bir soliq tölovçi uçun 652 dollar demak.
Ammo bu federal xarajatlar oşişini qoplamagan, xarajatlar rostdan ham qisqargani töğrisida esa faqat bir neçta federal idora xabar bergan xolos. Ular orasida Veteranlar işlari böyiça, Transport, Adliya vazirliklar hamda Davlat departamenti bor.
Tesla va SpaceX boş direktori Ilon Mask Donald Trampni saylovoldi kampaniyasi vaqtida faol qöllab-quvvatlagan va uning asosiy homiysiga aylangan edi. Saylovdagi ğalabadan keyin uşbu milliarder Tramp ma’muriyatida Hukumat samaradorligi departamenti rahbari lavozimini oldi, uning vazifasi özining sözlariga köra, budjet xarajatlarini, şişirilgan apparatlarni qisqartiriş va korrupsiyaga qarşi kuraşişdan iborat.
Mask va Tramp DOGE «byurokratiyani yöq qilişi»ni va’da qilgan. Uşbu departament Amerika hukumati faoliyatining samardorligini oşirişi va bir yarim yildan keyin tugatilişi kerak.












