Parij şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Yuksak mukofotni davlat rahbariga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravişda topşirdi.

Özbekiston prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantiriş, xalqlar örtasidagi döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaşga qöşgan ulkan hissasi uçun uşbu ordenga sazovor böldi.

Mamlakat yetakçisi mukofot uçun Fransiya rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda sermahsul hamkorlikda yuksak natijalarga erişilgani, ikki mamlakat munosabatlari strategik şeriklik darajasiga kötarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Faxriy legion ordeni 1802 yilda ta’sis etilgan. Fransiyada uşbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilişi va şon-şarafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.



















