Tojikiston va Qirğiziston prezidentlari Imomali Rahmon va Sadir Japarov ikki davlat örtasidagi çegara töğrisidagi şartnomani imzoladi. Bu tarixiy voqea Bişkekda Imomali Rahmonning Qirğiziston Respublikasiga davlat taşrifi çoğida yuz berdi.

«Bugun biz mamlakatlarimiz örtasidagi çegara masalalari böyiça tarixiy qaror qabul qilmoqdamiz», dedi Imomali Rahmon 13 mart kuni muzokaralar avvalida.

«Uşbu kelişuv davlatlararo munosabatlarni yanada kengaytiriş uçun mustahkam zamin yaratadi. Bugungi imzolanayotgan hujjatlar töplami tojik-qirğiz munosabatlarida yangi sahifa oçadi», deb qöşimça qildi Tojikiston prezidenti.

Sadir Japarov, öz navbatida, tojik-qirğiz çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça hukumat komissiyalari samarali iş olib borganini alohida ta’kidladi.

Şuningdek, 13 mart kuni Qirğiziston va Tojikiston prezidentlari ikki davlat çegarasidagi «Qizil-Bel-Avtodorojniy» va «Qayrağoç-Avtodorojniy» nazorat-ötkaziş punktlarining oçilişida onlayn tarzda iştirok etdi.

Şu bilan birga, Tojikiston va Qirğiziston örtasida havo qatnovi tiklanadigan böldi. 14 mart kuni Somon Air aviakompaniyasi deyarli 4 yil içida Duşanbe-Bişkek-Duşanbe yönalişi böyiça ilk charter reysini amalga oşiradi. 23 martdan boşlab mazkur yönaliş böyiça parvozlar muntazam ravişda yölga qöyiladi.

Tojikiston va Qirğiziston örtasidagi munosabatlar 2021 yilda ikki davlat çegarasida yuz bergan qonli töqnaşuvlardan söng keskin yomonlaşgan edi. Şundan söng, Qirğiziston hukumati Tojikiston bilan çegarani, jumladan, havo çegarasini rasman yopdi. Şuningdek, ikki davlat örtasidagi aviaqatnovlar ham töxtatildi.