Bundestagga navbatdan taşqari saylovlardan ikki yarim hafta ötgaç, Berlinda Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) konservativ bloki hamda Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) örtasida hukmron koalitsiya tuziş böyiça muzokaralar boşlandi. 13 mart, payşanba kuni keçqurun Berlindagi XDI qarorgohida konservatorlar va sotsial-demokratlarning muzokara guruhlari uçraşdi.

Muzokaralar 16 ta işçi guruhda bölib ötadi

Avvalroq, bölajak «katta» koalitsiyaning har ikki iştirokçisi muzokaralarda iştirok etadigan öz delegatsiyalari a’zolari nomini ma’lum qilgan edi. Ular har biri 16 ta iştirokçidan iborat 16 ta turli işçi guruhlarda koalitsiya kelişuvini işlab çiqişi va 24 martgaça koalitsiya kelişuvi böyiça öz takliflarini taqdim etişlari kerak. Migratsiya, budjet, soliq va mudofaa kabi masalalar yuzasidan murakkab muzokaralar kutilmoqda.

Işçi guruhlarning muhokamasi natijalari muzokaralarning yakuniy bosqiçida taqdim etiladi, unda 19 kişi, jumladan, uç partiya yetakçilari – Germaniyaning navbatdagi kansleri, xristian-demokrat Fridrix Mers, sotsial-demokratlar Lars Klingbayl va Saskia Esken, şuningdek, Bavariya boş vaziri va XSI rahbari Markus Zyoder iştirok etadi.

23 fevral kuni Bundestagga bölib ötgan navbatdan taşqari saylovlardan söng, ovoz berişda ğolib bölgan muxolifatdagi XDI/XSI bloki hozirgi hukmron koalitsiya a’zosi GSDP bilan dastlabki maslahatlaşuvlarni boşladi. Uşbu bosqiç 8 mart kuni yakunlandi va natijada bir qator yönalişlar böyiça murosaga keliş, jumladan, migratsiya siyosatini qat’iylaştiriş, şuningdek, moliya siyosatidagi keng kölamli özgarişlarni nazarda tutuvçi asos hujjati loyihasi taqdim etildi.