Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda bolalar orasida köz saratoni bilan kasallaniş holatlari oşgani va bunga ular köp vaqtini sarflaydigan gadjetlar sabab bölayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Respublika köz kasalliklari klinik şifoxonasi boş şifokori, tibbiyot fanlari böyiça falsafa doktori Otabek Ikromovdan bu qançalik töğri ekani haqida söradi.
— Asosiy masalaga töxtalişdan oldin onkologik kasalliklar hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotganini aytiş joiz, — deydi mutaxassis. — Buni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumoti ham tasdiqlaydi. Ya’ni onkologiya taşxisi qöyilgandan keyingi bir yil davomida har uçinçi bemor olamdan ötar ekan. Körinib turibdiki, masala çindan ham jiddiy.
Sönggi 10 yillikda ösma kasalliklari sezilarli darajada köpaydi, şu jumladan, köriş a’zosining onkologik xastaliklari ham. U umumiy ösma kasalliklarining bir foizini taşkil etişi bizni xotirjam qilmasligi kerak. Negaki, bugun dunyoda har 100 ming kişiga salkam 4 ta şu turdagi kasallik töğri keladi.
Endi asosiy masalaga ötamiz. Köz ösma kasalliklarining ortişida doimiy hamrohimizga aylanib borayotgan gadjetlarning uluşi kattami? Germaniyaning Essen universiteti mutaxassislari bu savolga yöq, deb javob bergan.
Gap şundaki, ular 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi munosabati bilan ötkazgan ilmiy tadqiqot davomida mobil telefonlar va boşqa gadjetlar inson köriş a’zosi nurlanişi va onkologik kasalliklarga olib kelmasligi isbotlandi.
Köz saratoniga olib keladigan asosiy omillar quyidagilardan iborat:
- irsiy xastaliklar
- ekologiyaning zararli ta’siri
- ayrim virusli kasalliklar
Ammo, bolalar, ayniqsa, ularning ota-onalari gadjetlar köz saratoni kasalligiga umuman sabab bölmas ekan, deya xotirjamlikka berilmasliklari kerak.
Gadjetlardan uzluksiz foydalaniş alal-oqibat turli xastaliklarga, jumladan, köz ösmasiga olib kelişi mumkinligini tuşuniş uçun soha mutaxassisi böliş şart emas.
Keyingi paytda «quruq köz» sindromi sezilarli darajada köpayib borayotgani ham barçamizni huşyor torttirişi zarur.
Şulardan kelib çiqib, oftalmologlarning körsatmasiga amal qiliş, bolalar kuniga 2 soatdan ortiq gadjetlar bilan şuğullanişiga yöl qöymaslik, iş jarayoni kompyuter bilan boğliq bölgan insonlarga esa köz ustki qismini namlantiruvçi maxsus preparatlardan foydalaniş tavsiya etiladi.












