Pokiston harbiylari mamlakat janubi-ğarbida yölovçi poyezdini garovga olgan jangarilarga qarşi operatsiyani yakunladi. Armiya ma’lumotlariga köra, 33 hujumçining barçasi yöq qilindi, biroq operatsiya paytida 21 nafar fuqaro va 4 nafar harbiy xizmatçi halok böldi.

11 mart kuni Balujiston ozodlik armiyasi (BLA) vakillari temiryöl relslarini portlatib, Kvettadan Peşovarga ketayotgan «Jaffar Express» poyezdini öqqa tutdi. Poyezdda 440 nafar yölovçi bor edi. Keyin jangarilar poyezdga bostirib kirib, hujjatlarni tekşirib, xavfsizlik kuçlari vakillariga zöravonlik qildi. Hujum qilganlarning ba’zilari xudkuş kamar taqib olgani, bu qutqaruv operatsiyasini murakkablaştirgani aytilmoqda.

Pokiston harbiylari aviatsiya va maxsus kuçlar iştirokida operatsiya ötkazdi. Armiya matbuot kotibi Ahmad Şarif Çaudrining aytişiça, asosiy maqsad xudkuşlik kamarini taqib olgan terrorçilarni yöq qiliş edi. Harbiylar vagonlardagi jangarilarni birma-bir yöq qilişga kirişdi.

Hujum uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olgan BLA ma’lumotiga köra, qarama-qarşilik davom etmoqda va köplab odamlar garovda uşlab turilibdi. Guruh 50 kişini öldirganini va öz taşabbusi bilan ba’zilarini qöyib yuborganini ta’kidlamoqda. Avvalroq, jangarilar agar rasmiylar 48 soat içida baluj siyosiy mahbuslarini ozod qilmasa, asirlarni «qatl etiş» bilan tahdid qilgan edi.

Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif 13 mart kuni Balujistonga taşrif buyurib, garovdan ozod etilganlar bilan uçraşdi. U hujumni «qörqoqlik» deb qoralab, mintaqada xavfsizlikni kuçaytirişga va’da berdi. Rasmiylarning bildirişiça, halok bölganlardan 25 nafarining jasadi Kvettaga olib ketilgan, u yerda oilalar motam marosimlarini ötkazadi.

Poyezd maşinisti Amjad sözlariga köra, hujum boşlanganda u boşqaruv kabinasining poli ostiga yaşiringan va u yerda 27 soat qolib ketgan. Jangarilar uni öldiga çiqargan.

Tabiiy resurslarga boy Balujiston uzoq vaqtdan beri ayirmaçilar va Pokiston hukumati örtasidagi qurolli töqnaşuvlarga sahna bölib kelyapti. BLA kabi guruhlar köproq muxtoriyat va mintaqaning iqtisodiy loyihalaridan, jumladan Xitoy sarmoyasi kiritilgan Gvadar porti, mis va oltin konlaridan uluş talab qilmoqda.