Prezident Şavkat Mirziyoyev uçinçi marta Fransiyaga rasmiy safar bilan borarkan, bu galgi davlat taşrifida Parij uni alohida tayyorgarlik bilan kutib oldi. Endi Fransiya Özbekistonning strategik hamkori, prezident Makron hamkasbini davlatning eng oliy mukofoti – Faxriy legion ordeni bilan mukofotladi. Mirziyoyev şarafiga rasmiy qabul marosimi ham ötkazildi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Özbekiston rahbarini bu gal juda iliq qabul qilganini u öz sahifalarida e’lon qilgan özbek tilidagi postlar ham isbotlaydi. Prezident Mirziyoyev davlat taşrifi bilan 11-13 mart kunlari Fransiyada bölarkan, bu uning umumiy hisobda 3-rasmiy safari, birinçi marta 2018 yilda, söngra 2022 yilda rasmiy taşrif bilan davlat rahbari fransuz respublikasida bölgandi. Öz navbatida Emmanuel Makron ham 2023 yilda Özbekistonga kelib ketgan.

Mirziyoyevning davlat taşrifi – Fransiya prezidenti Makronning Ukraina uruşidagi jiddiy buriliş fonida Yevropa rolini kuçaytiriş sa’y-harakatlari avj olgan bir davrga töğri keldi. Bilasiz, Makron sanoqli kunlar oldin Vaşington, söngra Londonga borib, AQŞning Ukraina böyiça özgargan pozitsiyasi ortidan Yevropa endi öz xavfsizligi uçun özi mustaqil boş qotirişi kerakligini gapirgandi. Gapning oçiği, Yevropa Ukraina misolida xavfsizlik böyiça kimgadir boğlanib qoliş töğri emasligini anglab yetdi. Yana prezident taşrifiga qaytsak, prezident Makron Mirziyoyevni Fransiyaning eng oliy mukofoti – faxriy legion ordeni bilan taqdirladi.

Bundan taşqari, Özbekistonning strategik şeriklari soni mana, yana bittaga köpaydi, bu Fransiya Respublikasi. strategik şeriklik oddiy munosabatlardan sifat jihatidan ham farq qiladi. Strategik şeriklik odatda mudofaa yoki xavfsizlik bilan boğliq bölib, ikki tomonlama munosabatlarda mudofaadan ta’limgaça, soğliqni saqlaşdan rivojlanişgaça, şuningdek, savdo, investitsiya va bank işi kabi iqtisodiy munosabatlarni töliq qamrab oladi.

Taşrif tadbirlariga e’tibor qaratsak, prezidentni aeroportda avval boş vazir, hozirgi ta’lim vaziri bölib işlayotgan Elizabet Born kutib olgan. Avvalgi safarlar singari bugun asosiy ofisi Fransiyada bölgan xalqaro taşkilotlar rahbarlari bilan muloqot dastavval bölib ötdi. Xususan, BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti YuNESKO boş direktori Odri Azule bilan Mirziyoyev uçraşdi. Şu yilning kuzida taşkilotning boş tadbiri Samarqandda ötkaziladi. Azule va Mirziyoyev şuni ham gaplaşgan.

Prezidentni rasmiy kutib oliş marosimidan söng u Fransiya prezidenti qarorgohi – Yelizey saroyiga yöl olgan.