Kosta-Rika eng döstona va köçib ötiş eng oson bölgan davlat sifatida tan olindi. InterNations ötkazgan sörovga köra, uşbu mamlakat ikkita asosiy yönalişda birinçi örinni egalladi va qolgan barça omillar böyiça top-10 likka kirdi.

Tadqiqot davomida dunyoning 53 ta davlatidan kamida 50 nafar ekspat iştirok etgan. Kosta-Rikaga köçib ötgan odamlarning aksariyati (83 foizi) bu yerda özlarini uydagidek his qilişlari va juda yaxşi kutib olinganliklarini (88 foiz) bildirgan.

Respondentlarning 45 foizining ta’kidlaşiça, mahalliy madaniyatga moslaşiş juda oson. Bundan taşqari, sörovda iştirok etgan ekspatlar mahalliy aholini dunyodagi eng mehmondöst deb hisoblagan.

Indeksda ikkinçi örinni Meksika egalladi, u «döst topiş» kategoriyasida yetakçilik qilmoqda. Uşbu kategoriya doirasida ekspatlarning ijtimoiy hayotidan qançalik mamnunligi, yangi uylarida döstlar orttirgan yoki orttirmagani va mahalliy aholi orasida yangi tanişlar topiş qançalik osonligi baholangan.

Top-3 uçlikka Filippin yakun yasagan. Uşbu mamlakat sörovdagi omillarning heç birida 6-örindan pastga tuşmagan.

Ekspatlar uçun köçib ötiş eng qiyin bölgan mamlakatlar sifatida Kuvayt, Norvegiya va Germaniya qayd etilgan.