Çexiya hukumati Qöşma Ştatlar moliyalaştirişidan mahrum bölgan Pragada joylaşgan "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi"ning kelajagini Yevropa Ittifoqida muhokama qilmoqçi. 16 mart, yakşanba kuni Çexiya televideniyesi orqali taşqi işlar vaziri Yan Lipavskiy: «Bunday eşittirişlarni davom ettiriş Yevropa manfaatlariga javob beradi» dedi.

U 17 mart kuni Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlaridan kelgan hamkasblari bilan uçraşuvda "Ozodlik radiosi" faoliyatini davom ettiriş masalasini kötarişini aytdi. "Ozodlik radiosi" Çexiya va Yevropa uçun nimani anglatişi haqida siyosiy fikr yuritiş kerak, dedi Lipavskiy. «Bizning qöşnimizda totalitarizm gullab-yaşnamasligi bizning manfaatlarimizga mos keladi», deya qöşimça qildi u.

Mask «Ozodlik radiosi» va «Amerika ovozi»ni yopişga çaqirdi

Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari milliarder Ilon Mask "Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi" va "Amerika ovozi" media-korporatsiyalarini yopişga çaqirdi. Mask tegişli xabarni 9 fevral kuni X ijtimoiy tarmoğida joylaştirdi.

«Bular amerikalik soliq tölovçilarning yiliga 1 milliard dollar pulini behuda sarflab, özi bilan özi gaplaşib ötiradigan radikal söl telbalar», dedi Mask. «Ha, ularni yopiş kerak. Ularni heç kim eşitmayapti», deb qöşimça qildi u.