Temu marketpleysi yuridik şaxs – Özbekiston rezidenti sifatida röyxatdan ötdi. Bu haqda Soliq qömitasi xabar berdi.

“Biroq, ötgan davrlar uçun marketpleys bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda”, – deyiladi qömita axborotida.

Temu'ning Özbekistonga rasman kirib kelişi hukumatning bosimi ortidan röy berdi.

4 mart kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Soliq qömitasi qöşma bayonot bilan çiqib, Temu Özbekiston qonunçiligiga muvofiq işlamayotgani uçun marketpleys faoliyatiga çeklov kiritilişini e’lon qilgandi. Özbekistonliklarga platformada ortiq buyurtma bermaslik, hali yetib kelmagan buyurtmalar uçun tölovni esa qaytarib oliş tavsiya etilgandi.

Rasmiylar buni Temu tomonidan Özbekistonning elektron tijorat, çakana savdo, reklama, şaxsga doir ma’lumotlar, iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş, mualliflik huquqi va turdoş huquqlar sohasidagi qonunlariga rioya qilinmayotgani bilan izohlagan.

2024 yilda oxirida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, 2025 yil 1 iyuldan e’tiboran Özbekistonda röyxatdan ötmagan xorijiy elektron savdo platformalarining faoliyati taqiqlanadi. Ular yo Özbekistonda soliq tölovçi sifatida röyxatdan ötişi yoki şu’ba korxonasini taşkil etişi kerak böladi.

Marketpleyslar sohasi regulyatori – Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga köra, ötgan yili özbekistonliklar Temu'dan jami 10 mln dollardan ortiq narxdagi tovarlarni xarid qilgan.

Mart oyi boşida çeklov haqida e’lon qilingaç, Temu Özbekistonda eng köp yuklab olingan ilovalar röyxatidan tuşib ketgandi