Instagram’da “Gelik” avtomobilining oynalari sindirib ketilgani haqida er-xotin videosi tarqaldi. Unda ayol “Gelik” rusumli avtomobili oynalarini kimdir sindirib ketgani, bu uçun içki işlar organlariga murojaat qilişini aytib yiğlagan. Uni turmuş örtoği tasvirga olgan. Şundan keyin er-xotinning uzr sörab çiqqan 2-videosi tarqaladi. Videoga köra, ulardan içki işlar organlari uzr sörattirişgan. Juftlik oldingi video hazil tariqasida olingani, bundan afsusda ekanini aytgan.
“Uçtepa tumanida yaşaymiz. 2 kun oldin maşinamizning old oynasi singandi. Bu kişi (turmuş örtoği) almaştiraman deganlari uçun qarindoşlarimizga prank qilaylik degan maqsadda old oynasini özimiz sindirdik va uni video qilib, men Instagram’imga qöydim. Bu notöğri ma’noda hamma joyga tarqaldi. Buning uçun içki işlar xodimlaridan va buni notöğri tuşungan insonlardan uzr söraymiz. Biz buni özimiz uçun qilmoqçi edik, bu qonuniy emas ekan”, – degan ayol.
Toşkent şahar IIBBning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Uçtepa tumani IIO FMB tomonidan tekşiruv davom etmoqda, yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi.












