Xitoy aholisi uy hayvonlarini klonlaş xizmatlaridan tobora köproq foydalanişni boşladi, deb xabar bermoqda South China Morning Post gazetasi.
Naşr pekinlik dizayner Lyu Sin haqida yozdi. Qiz taxminan 15 yil oldin köçadan muşuk topib olgan. Unga Tomket deb nom bergan. Yoşi ulğaygani sari muşuk kasallana boşlagan. Qiz uning davolanişiga qariyb 14 ming dollar sarflagan. Lyu Sin Tomketning umri yakuniga yetayotganini tuşungaç, internetdan hayvonlarni klonlaş xizmatini izlay boşlagan.
Muşuk ölganidan söng kompaniya mutaxassislari uning terisidan namunalar oldi. Uçinçi urinişda ular Tomketni klonlaşga muvaffaq böldi — muşukça asl nusxasi bilan deyarli bir xil edi. Xizmat uçun Lyu Sin 19 ming dollar töladi.
Klonlaş bilan şuğullanadigan mutaxassislarning ta’kidlaşiça, muşuklar va itlarni klonlaşda murakkablik şundaki, surrogat ona homilani kötara olmasligi yoki bir vaqtning özida bir neçta klonlarni tuğişi mumkin. Xizmat buyurtmaçilari odatda klonlangan uy hayvonlarini 12-18 oy içida qöliga oladi. Bunda ularga hayvonning soğliği haqidagi xulosa, genetik taqqoslaş natijalari va fotoalbom ham taqdim etiladi. Şunday bölsa-da, ba’zida klonlar kasal holda tuğilişi yoki asl nusxadan farq qilişi holatlari ham kuzatilgan.
Xitoyda hayvonlarni tijorat maqsadida klonlaştirişga ruxsat berilgan, biroq bu xizmatning ommalaşuvi bilan jamiyatda axloqiy masalalar tobora köproq kötarilmoqda. Şu bilan bir vaqtda, uşbu jarayonning narxi ham oşmoqda — hozirda klonlaştiriş xarajati 21 mingdan 52 ming dollargaça yetadi.











