Nazorat tadbiri davomida Qoradaryo daryosi hududida ushbu korxona xodimlari tomonidan 1 ta ekskavator va 4 ta yuk mashinasi yordamida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish va uni maydalash zavodiga olib ketish holati aniqlanib inspektorlar tomonidan to‘xtatildi.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 722 million 666 ming so‘m ekanligi aniqlandi.

Yig‘ilgan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.