Uzbekistan Airports’ga köra, yangi yuk kompleksi uç qavatli ma’muriy bino, turli tovarlarni saqlaşga möljallangan omborxona, şuningdek, yengil va yuk maşinalari uçun töxtaş joyini öz içiga oladi.
Omborxona 8500 metr kvadrat maydonni egallaydi va uning içida ma’lum bir harorat rejimini saqlaşni talab qiladigan tovarlar uçun 500 metr kvadrat maydondagi sovitiş va muzlatiş kameralari mavjud. Xususan, omborxonada ösimlik va tirik hayvonlar, qimmatbaho yuklar, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarni saqlaş uçun maxsus xonalar qurilgan. Barça maxsus xonalar harorat ölçagiçlar bilan jihozlangan va bu kerakli harorat rejimini örnatiş imkonini beradi.

«Hozirda 1994-2000 yillarda qurilgan yuk terminali umumiy maydoni 3 gektarga yaqin bölgan 20 ga yaqin eskirgan kiçik va örta ombor va ma’muriy binolardan taşkil topgan. Yuk terminalining ötkaziş quvvati aslida yiliga 30 ming tonnani taşkil etadi. Vaholanki, 2024 yilda Toşkent aeroporti salkam 80 ming tonna yuk va poçta jönatmalarini qabul qilgan. Ma’muriyati va ijaraçilar joylaşgan bino va inşootlar ham eskirgan. Bularning barçasi yuk taşiş kompleksini kengaytiriş va modernizatsiya qiliş zaruratidan dalolat berdi. Bugundan boşlab eski terminaldan yangi terminalga bosqiçma-bosqiç ötiş boşlandi», — deyiladi xabarda.
Şuningdek, omborxona faoliyati uçun jahonning yetakçi işlab çiqaruvçilaridan zamonaviy uskunalar, xususan, yuk saqlaş stelajlari, yuk kötariş va taşiş, qadoqlaş uskunalari hamda hisob-kitob, avtomatlaştiriş va xavfsizlikni ta’minlaş uskunalari xarid qilingan. Bu yuklarni qayta işlaş vaqtini qisqartiradi va aviataşuvçilarga umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq sifatli xizmat körsatişni ta’minlaydi.
Bundan taşqari, UzCargo xodimlari, tegişli xizmatlar (bojxona, veterinariya, ösimliklar karantini va boşqalar), import/eksport kompaniyalari vakillari, aviakompaniyalar va deklarantlar, şuningdek yuk qabul qiluvçilar uçun 3000 metr kvadrat maydonga ega uç qavatli yangi ma’muriy bino qurilgan.
UzCargo (Uzbekistan Airports Cargo MÇJ) — 2022 yil 1 noyabrda Uzbekistan Airports AJ tarkibida taşkil etilgan şu’ba korxona. Korxona Toşkent aeroporti Poçta-yuk kompleksi negizida taşkil etilgan bölib, aeroportda yuklarni qayta işlaş va saqlaş, yuklarni ortiş va tuşiriş hamda transport hujjatlarini rasmiylaştiriş böyiça xizmatlar körsatadi.












