Rossiya Tergov qömitasi bir yil avval Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir qilingan terakt «Rossiyadagi vaziyatni beqarorlaştiriş maqsadida» döstona bölmagan davlat maxsus xizmatlari tomonidan rejalangan va uyuştirilgan degan xulosaga keldi. Bu haqda Tergov qömitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko ma’lum qildi, biroq qaysi davlat ekaniga aniqlik kiritmadi.

«Terakt sodir qiliş uçun xalqaro terrorçilik taşkiloti a’zolari jalb qilingan. Teraktni bevosita Markaziy Osiyoning 6 nafar fuqarosi uyuştirgan, ularning bir qismi taxallus ostida harakat qilgan. Ular xorijda va sirtdan hibsga olinib, qidiruvga berilgan», deb uning sözlaridan iqtibos keltirdi RBK. Ammo Petrenko bu qaysi xalqaro terrorçilik taşkiloti ekaniga aniqlik kiritmadi.

Tergov ma’lumotlariga köra, bu şaxslar terakt sodir etganlikda gumon qilinayotgan Tojikiston fuqarolari Dalerjon Mirzoyev, Saidakram Rajabalizoda, Şamsiddin Fariduni va Muhammadsobir Fayzovni öz safiga jalb qilgan va ularni xorijda tayyorgarlikdan ötkazgan. Tört nafari ham hibsga olingan.

Bundan taşqari, teraktga şeriklikda ayblanayotganlar hibsda: jinoyatçilarga uy-joy ijaraga olişga yordam bergan, transport, qurol-yaroğ bilan ta’minlagan yoki terrorçilik faoliyatini moliyalaştirganlar.

«Ayni paytda terrorçilik jinoyatlarini sodir etişda ayblanayotgan 19 nafar şaxsga nisbatan tergov harakatlari yakunlanib, ular hibsda saqlanmoqda va iş materiallari bilan tanişişda davom etmoqda. Bir qator boşqa ayblanuvçilar qidiruvga berilgan», deb qöşimça qildi Petrenko.

2024 yil 22 mart kuni Moskva viloyatining Krasnogorsk şahridagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida terakt sodir böldi. 4 nafar hujumçi binodagi odamlarga qarata avtomatlardan öt oçdi va konsert zaliga öt qöydi. Hujum oqibatida 145 kişi halok böldi, 550 nafardan ortiği jarohatlandi.