Bu haqda Davlat dumasining xavfsizlik qömitasiga tayanib, «Izvestiya» naşri ma’lum qilmoqda.

Qonun loyihasiga köra, reklama tarqatiş qoidalarini buzgan kompaniyalar 500 ming rublgaça, mansabdorlar 20 ming rublgaça, fuqarolar esa 2,5 ming rublgaça jarimaga tortiladi. Tegişli özgartişlar «Reklama töğrisida»gi qonunning 38-moddasiga kiritilişi rejalaştirilgan.

Hujjat Rossiya Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi, Raqamli rivojlaniş vazirligi, Moliya vazirligi hamda Federal aksilpomonpoliya xizmati bilan kelişilgan.

Duma xavfsizlik qömitasi raisi örinbosari Anatoliy Vibornyyning ta’kidlaşiça, taqiqqa qaramay, xorijiy platformalar reklama joylaşni davom ettirmoqda. «Reklama orqali nafaqat blogerlar, balki Rossiyaga nisbatan duşmanona munosabatda bölgan ijtimoiy tarmoqlar ham daromad olmoqda. Buni töxtatiş kerak», — dedi u.

Ekspertlar ta’kidlaşiça, bu çeklovlar Rossiyadagi köplab blogerlar uçun asosiy daromad manbasini yöqotişiga olib keladi. Heads’made agentligi şerigi Yaroslav Meşalkinning fikriça, ba’zilar bozordan ketişga yoki daromad manbayini özgartirişga majbur böladi. Uning sözlariga köra, kontent yaratuvçilarning bir qismi VK, Rutube va «Dzen» kabi milliy platformalarga ötişi mumkin.

Blogerlar va agantliklar assotsiatsiyasi vakillari ham yangi çeklovlar ortidan reklama şartnomalarini qayta körib çiqişga vaqt yetişmasligini aytgan.

PR Perfect agentligi asosçisi Kristina Petrova bunday taqiqni blogerlik faoliyati bilan şuğullanuvçi, lekin hali ham muxlislarini milliy platformalarga ötkaza olmaganlar uçun «sönggi zarba» deb atadi.

Qonun loyihasi ilk öqişda 2024 yil 23 iyulda qabul qilingan, ammo keyingi muhokamalar töxtab qolgan edi. Loyiha 25 mart kuni ikkinçi va uçinçi öqişda qabul qilinişi kutilmoqda.