Alphabet Inc. kiberxavfsizlik sohasida faoliyat yurituvçi Wiz startapini 32 milliard dollarga sotib oliş böyiça kelişuvga erişdi.

Kompaniyalarning qöşma press-relizida ta’kidlanişiça, bitim töliq pul mablağlari orqali yopiladi va u Alphabet tarixidagi eng yirik xaridga aylanadi. Bitim yakunlangaç, Wiz Google Cloud’ning bulutli texnologiyalari bölinmasiga qöşiladi.

Kompaniya Wiz’ni xarid qiliş böyiça muzokaralarni 2024 yilda ham olib borgan, ammo u startap rahbariyati va investorlarning bitim antimonopoliya organlari qarşiligiga duç kelişi mumkinligi borasidagi xavotiri sabab bekor qilingandi.

2020 yilda taşkil etilgan Wiz bulutli servislar uçun kiberxavfsizlik sohasida yeçimlar taqdim etiş bilan şuğullanadi. Kompaniya öz xizmatlariga bölgan talab yuqoriligi sabab dunyoda eng tez ösib borayotgan startap hisoblanadi. Wiz servislaridan AQŞdagi eng yirik 100 ta kompaniyaning qariyb yarmi foydalanadi.

2024 yilda Wiz’ning daromadi 500 million dollarni taşkil etgan va kompaniya joriy yilda uni ikki barobarga oşiriş maqsadini qöygan.