Buyuk Britaniya 9 apreldan boşlab turistik vizani rasmiylaştiriş uçun yiğimlarni oşiradi. Yiğimlarning yangi narxi mamlakat hukumatining sayti orqali e’lon qilindi.
Qayd etilişiça, talabalar, işçi vizalari va «iste’dodlilar vizasi»ni rasmiylaştiriş uçun ham bojxona tölovlari oşiriladi.
Xususan, sayyohlik vizasini rasmiylaştiriş yiğimi örtaça 10 foizga köpayadi. Yarim yillik viza narxi 127 funt sterling (2,1 mln söm), ikki yilgaça — 475 funt sterling (7,9 mln söm), beş yilgaça — 848 funt sterling, ön yilgaça — 1059 funt sterling böladi.
Bundan taşqari, Global Talent, talabalar va işçi vizalari narxi toifasiga qarab kamida 7 foizga oşadi.
Britaniya Içki işlar vazirligiga köra, yiğimning oşirilişi «immigratsiya va çegara tizimining davlat mablağlariga qaramligini kamaytirişga xizmat qiladi». Narxlarning oşirilişi hukumatga har yili qöşimça 269 million funt sterling daromad keltiradi.








