Xorijda işlab çiqarilgan avtomaşinalar savdosida keskin pasayiş, hisoblagiç qiyoslov tekşirişidagi özgarişlar, boğça bolalariga berilgan yaroqsiz göşt va bolani kaltaklagan öğri enagaga qamoq jazosi — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

«Inomarkalar» savdosida keskin pasayiş

Özbekistonda xorijiy avtomobillar savdosi bir oy içida ikki barobardan köproqqa kamaydi. Bu notarif çeklovlar va avtopoligonlardagi texnik sinovlar sabab import hajmining keskin qisqarişi bilan boğlanmoqda.

Fevralda yangi xorijiy avtomobillar sotuvi keskin tuşgan bölsa, mahalliy maşinalar savdosi barqaror qoldi. Ikkilamçi bozorda ham faollik 16 foizga kamaydi. Elektromobillar savdosi oylikda 11 foizga pasaydi, biroq ötgan yilga nisbatan ikki baravar ösiş qayd etildi.

Bojxona qömitasi ma’lumotiga köra, 2024 yilning yanvar–fevral oylarida import 4 baravar kamayib, 17 mingdan 4,3 mingtaga tuşdi. Benzinli, gibrid va elektromobillar importi ham sezilarli ravişda pasaygan. Eng qiziği — tayyor avtomobillar importi pasaygani fonida ehtiyot qismlari importi 3,34 barobarga oşgan.

Mutaxassislar 1 maydan utilizatsiya yiğimining oşirilişi bozorga yana bir zarba berişi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Hisoblagiçlarni qiyoslovdan ötkazişda özgarişlar

Özbekistonda elektr, gaz va suv hisoblagiçlarini davriy qiyoslaşdan ötkaziş uçun fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan ariza beriş tartibi bekor qilindi. Yangi tartibga köra, hisoblagiçni öz vaqtida tekşiriş vazifasi ta’minotçi taşkilotlar zimmasiga yuklatiladi.

Jismoniy şaxslar har 8 yilda, yuridik şaxslar esa 4 yilda hisoblagiçlarni qiyoslaşdan ötkazişi kerak. Muddat yaqinlaşganda, ta’minotçi korxona xodimi kelib, hisoblagiçni yeçib oladi va tekşiruvdan söng qayta örnatadi. Fuqarolar bu jarayon uçun heç qanday ariza bermaydi.

Qiyoslaş uçun tölov hisobraqamidan avtomatik tarzda yeçiladi. Jismoniy şaxslar uçun bu 75 ming sömni, yuridik şaxslar uçun 562 500 sömni taşkil etadi. Agar hisobda mablağ yetarli bölmasa, qarz sifatida yozilib, keyin yeçib olinadi.

Agar hisoblagiç öz vaqtida tekşiruvdan ötkazilmasa, xonadonda tölov hisoblagiçsiz — kişi boşiga belgilanadi. Bu esa işlatilmagan holda ham ortiqça tölovga olib keladi.