Toşkent şahri Şayxontohur tumanidagi Şofayzi köçasi 25 martdan 1 mayga qadar yopildi, deb xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, Daryoböyi Business City loyihasi doirasida Janggoh, Çuqurköprik va Zaxariq oçiq kollektorlarining yopilişi, şuningdek, avtomobil yöli, yaşil hududlar, piyodalar va velosiped yölaklari barpo etilişi sababli Şofayzi köçasi avtotransport harakati uçun yopilgan.

Şu bilan birga, Şofayzi köçasining Kökça darvoza köçasidan Rahmat Fayzi köçasigaça bölgan qismida ta’mirlaş işlari olib borilişi munosabati bilan 34-sonli «Çilonzor metrosi — Şifokorlar şaharçasi» avtobus yönalişiga vaqtinçalik özgartiriş kiritiladi.
Mutasaddilar haydovçi va yölovçilardan noqulaylik uçun uzr söraydi.











