Venesuelaga AQŞdan deportatsiya qilingan 199 nafar migrantni olib kelgan birinçi samolyot qöndi, deb xabar beradi Euronews.

Qayd etilişiça, duşanba kuni ertalab samolyot Karakas şimolidagi asosiy xalqaro aeroport – Mayketiyaga yetib kelgan. AQŞ va Venesuela örtasida diplomatik aloqalar mavjud emasligi sababli, migrantlarni olib ketgan samolyot dastlab Texasdagi harbiy bazadan havoga kötarilgan va Gondurasga qöngan, u yerdan esa migrantlar boşqa samolyot orqali Venesuelaga jönatilgan.

«Uşbu insonlarning Qöşma Ştatlarda qolişi uçun qonuniy asosi yöq. Kelajakda Venesuelaga deportatsiya reyslari doimiy ravişda amalga oşirilişini kutyapmiz. Noqonuniy immigratsiyaga qarşi kuraşda hamkorlik qilgani uçun Gonduras prezidenti Kastro hamda uning hukumatiga minnatdorlik bildiramiz», — deyiladi AQŞ bayonotida.

Ötgan hafta Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va AQŞ prezidenti Donald Tramp migrantlarni deportatsiya qiliş töğrisida kelişuvga erişgan edi. Venesuelaga repatriatsiya fevral oyida töxtatilgandi, bunga Oq uy rahbari Chevron kompaniyasini Janubiy Amerika davlatida faoliyat yuritiş litsenziyasidan mahrum qilgani sabab bölgan.

Reyslarni tiklaş böyiça qaror Vaşington 238 nafar venesuelalikni Salvadordagi CECOT mega qamoqxonasiga jönatganidan keyin qabul qilingan. AQŞ hukumati ularni «Tren-de-Aragua» jinoiy guruhiga aloqadorlikda ayblagan. Şu bilan birga, deportatsiya qilingan fuqarolarning qarindoşlariga köra, aslida bunday emas, Vaşington bölsa, dalillarni e’lon qilmagan.

«Migratsiya — jinoyat emas va biz bunga muhtoj bölganlarning barçasi qaytarilmagunça hamda Salvadorga öğirlab ketilgan birodarlarimizni qutqarmagunça tinçimaymiz», — deydi Venesuela Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodriges Gomes.

Ötgan hafta Nikolas Maduro öz hukumatiga AQŞda qölga olingan venesuelalik migrantlar repatriatsiyasi uçun zarur böladigan reyslar sonini oşirişni buyurgandi.