Fransiya şarqidagi Sen-Dize aviabazasi hududida Patrouille de France guruhi tarkibiga kiruvçi ikkita Alpha Jet samolyoti bir-biri bilan töqnaşib ketdi, deb xabar beradi mamlakat Harbiy-kosmik kuçlari.

Fransiya qurolli kuçlar vaziri Sebasten Lekornyuning ma’lum qilişiça, samolyotlar maşğulot vaqtida töqnaşgan. Har ikki samolyotning uçuvçilari va havo kemalarining birida bölgan yölovçi katapultadan foydalanişga ulgurgan — ular yengil jarohat olgan.

Guvohlar samolyotlar töqnaşuvini videoga olişga ulgurib qolgan.

Ma’lumotlarga köra, samolyotlardan biri örmonga, ikkinçisi mahalliy sement zavodi hududiga qulab tuşgan. Guvohlarning sözlariga köra, korxona hududida yonğin çiqqan va u tezda öçirilgan.