Hindiston hukumati Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasidan elektron uskunalar yetkazib berişda solinadigan bojxona tölovlaridan qoçgani uçun 601 million dollar miqdoridagi soliq qarzi va jarimalarni tölaşni talab qildi.

Bu sönggi yillarda Hindiston hukumati tomonidan eksportçi kompaniyalarga solingan eng yirik soliq va jarimalardir. Soliq da’vosi Samsunğning Hindistonga maişiy elektronika, smartfonlar va boşqa tovarlarni yetkazib berişdan 2024 yilda olgan 955 million dollarlik sof foydasining katta qismini qamrab oladi.

2023 yilda Hindiston rasmiylari importni notöğri tasniflaş orqali boj tölovlaridan qoçişga uringani sabab Samsung kompaniyasiga ogohlantiriş bergandi. Gap Hindistonning Reliance Jio kompaniyasiga mobil aloqa minoralarida işlatiladigan muhim komponentlarni yetkazib berişda 10 foizdan 20 foizgaça bölgan boj tölovlarini tölaşdan böyin tovlaş haqida ketmoqda. Biroq öşanda Janubiy Koreya yetkazib beruvçisi Hindiston soliq idoralarini boşlagan tekşiruvni töxtatişga işontirişga muvaffaq bölgan.

Joriy yilda tergov qayta tiklangan va soliq idoralarining ma’lum qilişiça, Samsung kompaniyasi «Hindiston davlatini aldaş hisobiga maksimal foyda oliş uçun barça biznes axloq normalarini buzgani böyiça inkor etib bölmaydigan dalillar mavjud».