Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Davlatobod tumanidagi zapravkada yuz bergan yonğin töğrisida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, bugun, 25 mart kuni soat 17:58 da Davlatobod tumani «Nurobod» MFY Ququmboy şohköçasida joylaşgan avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasida Damas rusumli avtomobilda yonğin sodir bölgani töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.
Şunga asosan, yonğin-qutqaruv ekipaji soat 18:03 da hodisa joyiga yetib borgan va soat 18:06 da yonğin bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida Damas avtomobili töliq yonib zararlangan.
«Yonğin oqibatida kuyib, tan jarohati olgan va vafot etganlar kuzatilmadi. Hozirda sodir bölgan yonğin yuzasidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Andijondagi zapravkada avtomobil gazballoni portlab ketişi oqibatida ikki kişi jarohat olgani töğrisida xabar berilgandi.









