AQŞ zarbxonasiga tegişli zirhlangan yuk maşinasi Texasdagi trassada ağdarilib ketdi, deb xabar beradi New York Post.
Texas ştatining Alvord şahrida noodatiy yöl-transport hodisasi sodir böldi. Sakkiz million dona 10 sentli tangalar avtomobil yöliga soçilib ketdi.
Qayd etilişiça, hodisa 29 aprel kuni soat 05:15 da sodir bölgan. Yuk maşinasi 36 tonnadan ortiq yangi zarb qilingan tangalarni olib ketayotgan bölgan. Texas Jamoat xavfsizligi departamenti vakili serjant Xosue De La Serdaning ma’lum qilişiça, haydovçisi buriliş joyida boşqaruvni yöqotgan va yöldan çiqib ketgan.
Avariya oqibatida haydovçi va yölovçi yengil jarohat olgan, keyinroq ularga şifoxonadan javob berilgan. Ammo tangalar soçilib ketgani sabab avtomobil yöli 14 soatga yopişga töğri kelgan. Tangalarni yiğişga jalb etilgan brigadalar oqava suvlarni tozalaşda qöllaniladigan vakuum maşinalar foydalanişga majbur bölgan. Ayrim işçilar belgurak va hatto qölda ham tanga yiqqan.
Yuk maşinasiga egalik qiluvçi kompaniya banklar va davlat idoralari uçun qöriqlanadigan yuklarni yetkazib beriş bilan şuğullanadi. Uning saytida körsatilişiça, maşinalar zirhlangan va ularga qurolli qöriqçilar hamrohlik qiladi.
Mahalliy aholining sözlariga köra, şu kuni şaharda 8 million dollar soçilib ketgani haqida miş-mişlar tarqalgan, ammo aslida soçilgan tangalar qiymati salkam 800 ming dollarni taşkil etgan.











