Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida takroriy portlaş yuz berdi. Mahalliy aholiga köra, voqea konning avvalroq avariyaga uçragan hududida emas, yangi burğilangan quduqda yuzaga kelgan. Energetika vazirligi buni “vodorod sulfidining nazorat ostidagi otilişi” deb atamoqda, ammo nima sabab sodir bölganidan bexabar. Hozirda tabiatga zarar yetkazmaslik uçun quduq yoqib qöyilgan, hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagani aytildi.

Surxondaryoning Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konidagi avariya yana kun tartibiga qaytdi. 2025 yilning 27 mart kuni “M-25” gaz konidagi 202-sonli quduqda navbatdagi portlaş sodir böldi.

Kun.uz’ga hodisa haqida qisqaça ma’lumot bergan fuqaroga köra, holat konning avvalroq avariyaga uçragan quduqlarida emas, boşqa joyida yuzaga kelgan.

“Biz Kofrundamiz, oldingi gaz yongan taraf bu [boşqa] tomonda edi, hozir boşqa joydan yana yonyapti… Gaz yana portladi. Yangi burğilaş joyida yana gaz portladi”, – deyiladi hamyurtimiz jönatgan videoda.

Energetika vazirligi buni “vodorod sulfidining nazorat ostidagi otilişi” deb atagan. Ammo rasmiylar “nazoratli otiliş”ning sabablaridan bexabar. Noxuş vaziyat va yonğinning kelib çiqiş sabablari örganilib, qöşimça ma’lumot berilişi kutilmoqda.

Şu yerda mantiq yöqoladi, qanday qilib sabablari aniqlanişi kutilayotgan jarayonda “nazorat ostidagi otiliş yuzaga kelgan” deyiş mumkin?

Qayd etilişiça, tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanişining oldini oliş maqsadida hozirda 202-sonli quduq yopib qöyilgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi brigadasi yetib borgan.

Işlarni taşkil etiş maqsadida Energetika vazirligi hamda boşqa mutasaddi taşkilotlar tarkibida taşkil etilgan maxsus ştab vakillari ham hodisa joyiga yetib kelgan.

“Ayni paytda kerakli barça çora-tadbirlar zarur texnika hamda uskunalardan samarali foydalanilgan holda olib borilmoqda. Şuningdek, xavfsizlikni ta’minlaş böyiça kuçaytirilgan çoralar körilmoqda.

Alohida ta’kidlaş lozimki, yuzaga kelgan mazkur holat aholi va yaqin atrofdagi hududlarga heç qanday xavf tuğdirmaydi. Jarayon Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Oçiq neft va gaz favvoralarining oldini oliş va bartaraf etiş böyiça Özbekiston harbiylaştirilgan qismi mutaxassislari tomonidan töliq nazorat ostiga olingan”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib ötamiz, “Mustaqillikning 25 yilligi” konidagi dastlabki avariya 2024 yil 1 sentabr kuni sodir bölgandi. Öşanda “Kölqamiş” MFY hududida joylaşgan 604-sonli quduğida burğilaş işlari olib borilayotgan paytda texnologik jarayon buzilib, vodorod sulfid gazi çiqişi kuzatilgan.

2024 yil 17 sentabr kuni yana portlaş bölgan, 604-sonli quduqning yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazi sizib çiqqan. Oqibatda 4 kişi vafot etgan, 11 kişi jarohatlangandi. Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov vafot etganlarning oilasi pudratçi taşkilot tomonidan otaliqqa olinişini bildirgan, ammo bu borada nimalar qilingani ma’lum emas.

Ma’lumot uçun, bir muddat avval kon atrofi “olovli vodiy”ga aylanib qolgani xabar qilingandi. Endi Boysun avvalgidek eng sölim şahar bölolmaydi. Ammo şu ketişda Turkmanistonning ulkan gaz konidagi sayyohlar uçun ekskursiya maydoni – “Dözax darvozalari”ga aylanişi mumkin.